ISHLAB CHIQARISH

Asosiy mahsulotlar qatoriga «KRANTAS GROUP» xaridorlarga quyidagi turdagi texnikalarni taklif etadi:

  • Аvtokranlar -yuk ko’tarish hajmi 16, 25, 32, 50 t. ;
  • Yuk ko’taruvchi kranlar- yuk ko’tarish hajmi 3, 5, 7, 10, 15 t.;
  • Quvur qazish mashinalari;
  • Avtogidroko’targichlar (автовышки) yuk ko’tarish balandligi 11 dan 36 metrgacha;
  • Samosvallar;
  • Magnit-greyferli kranlar;
  • Minora kranlari-yuk ko’tarish hajmi 8т.

Zavod yiliga 500-600 dona maxsus texnika ishlab chiqarish quvvatiga ega

Zavodda ishlab chiqariladigan maxsus uskuna universaldir va avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan ko’p turdagi shassilarga o’rnatilishi mumkin, jumladan: KAMAZ, MAZ, MAN, ISUZU, URAL, GAZ, HOWO, FOTON va boshqalar.

Yuqorida aytib o’tilgan maxsus va qurilish texnikalarini ishlab chiqarishda faqat Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiyada tayorlangan yuqori sifatli butlovchi qismlardan foydalaniladi. Prokat metall buyumlar Shvetsiya, Germaniya va Rossiyadan sotib olinadi.

Sizga texnikalarni tanlashda yordam beramiz

Yuqori malakali xodimlar

Sizga zarur bo’lgan

texnikalarni tanlashda 

yordam beradi

Texnika ishlab chiqarishning to'liq texnologik jarayoni

Zavodda so’nggi jahon tendentsiyalariga mos ravishda yangi turdagi maxsus jihozlarning loyihalari va ishchi chizmalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish bo’yicha o’z konstruktorlik byurosi mavjud.

Kompaniyamizda mashinasozlik ishlab chiqarishning to’liq texnologik jarayoni mavjud bo’lib, unga quyidagilar kiradi:

  • loyihalarning 3D modellarini, ishchi va butlovchi qismlarining chizmalarini yaratish;
  • texnikalarga o’rnatiladigan jihozlar ishlanmalarini ishlab chiqish va o’rnaish;
  • metall konstruktsiyalar va mexanik eg’indilarni ishlab chiqarish
  • uskunalarni asosiy shassida yig’ish;
  • zavodda texnik sinovlarni o’tkazish ;
  • tayyor mahsulotlarni sertifikatlash.

Texnik xizmatlar Korsatamiz

Yuk mashinalarini ta’mirlash va tiklash bo’yicha turli xil xizmatlar.

Avtokranlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash

Payvandlash orqali tiklash, tokarlik, frezalash, silliqlash va chilangarlik ishlari

Zamonaviy texnologiyalar

Zavodda zamonaviy texnologiyalar keng qo’llaniladi: metallarni bukish, raqamli dasturiy boshqaruv dastgohlarda ishlov berish, metallni payvandlash, plazma va lazer bilan kesish, har xil turdagi payvandlash uskunalari, shu jumladan avtomatik payvandlash.

Barcha ishlab chiqarilgan texnikalar 12 oydan 24 oygacha bo’lgan kafolatlar bilan ta’minlangan.

Zavod sifat menejmenti tizimining GOST R ISO 9001-2001 talablariga muvofiqligi sertifikatiga ega.

Video

Bizning vazifamiz

Import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni yaratish va O’zbekiston Respublikasi korxonalari o’rtasida mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.

Milliy iqtisodiyot tarmoqlarining o’xshash mahsulotlarning importiga bog’liqligini maksimal darajada kamaytirish.

Biz har doim sizning barcha savollaringizga javob berishga tayyormiz va biznesingiz samaradorligini oshirishga yordam berishdan mamnunmiz.